Toshkentda fuqarolardan katta miqdordagi narkotik topildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar shaxs ushlanib, ularning yonidan 500 dona kuchli tasir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular dorilarni tarqatish bilan shug‘ullangan.

Keyinroq, ularga aloqador bo‘lgan yana bir tarqatuvchi qo‘lga olinib, uning yonidan ham 500 dona kuchli tasir qiluvchi dorilar topilgan.

Shundan so‘ng ushbu dorilarning manbasini aniqlash maqsadida tezkor tadbir davom ettirilgan.

Natijada, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 3 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda narkolaboratoriya tashkil etilgani ma’lum bo‘lgan va 9 kg “Pregabalin”, 500 gr “Tropikamid”, 600 dona “Pregabalin” kuchli tasir qiluvchi dori vositalari hamda qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaliq va Ohangaron shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ikki yirik narkolabaratoriya faoliyatiga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent narkotik Pregabalin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing