Toshkentda FVV xodimiga 30 ming dollar pora bergan tadbirkor ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida tadbirkor Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimiga 30 ming dollar pora taklif qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, poytaxtda faoliyat yurituvchi tadbirkor o‘zi rahbarlik qiladigan MCHJ tomonidan Yakkasaroy tumanida barpo etilgan, lekin bir qator kamchiliklari bartaraf etilmagan 12 qavatli turar joy majmuasini foydalanishga qabul qilinishi bo‘yicha “Nazorat.MS.UZ” elektron portali orqali taqdim etadigan arizasini ijobiy hal qilib berishi evaziga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xodimiga 30 ming AQSH dollari miqdorida pora taklif etgan.

O‘z navbatida xodim holat bo‘yicha mas’ullarni xabardor qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari poytaxt FVBB xodimiga ushbu pul mablag‘ini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Namangan shahrida Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri 9 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora FVV

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing