Toshkentda “Gelik”ni 200 km tezlikda haydaganlar 15 sutkaga qamaldi (video)
3-sahifa
−
11:34 2814 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Gelik” mashinasida 200 kmdan ortiqroq tezlikda harakatlangan shaxsga chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu qoidabuzarlarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmatining matbuot kotibi Zoir Yo‘ldoshov xabar berdi.
Ushbu voqea 9 martga o‘tar kechasi poytaxtning Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Qoidabuzarlar Mercedes Benz rusumli transport vositasiga noqonuniy ravishda “megalka” moslamalarini o‘rnatib, bir holatda 210, yana bir holatda soatiga 222 kmdan oshiqroq tezlikda harakatlangan. Yo‘l va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan yigitlar bilan profilaktik suhbat olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qarori bilan qonunbuzarlarning har ikkisiga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Live
Barchasi