Toshkentda Gentra YPX xodimini kapotda sudrab ketdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Gentra haydovchisi yo‘l-patrul xizmati xodimini mashina kapotida sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, kecha, 2 noyabr kuni Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Gentra avtomashinasi kapotida IIB yo‘l-patrul xizmati inspektorini sudrab ketgan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bildirilishicha, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida xizmat vazifasini bajarayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqorat qilib, ularni tasvirga olgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Gentra YPX xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing