Toshkentda issiq suv o‘chiriladi

Jamiyat

image

Profilaktika ishlari munosabati bilan sentyabr-oktyabr oylarida Toshkent shahrida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan mavzelar va ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida issiq suv quyidagi rejim asosida o‘chiriladi:

8–12 sentyabr

  • Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burhonov, Razzok Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li, Feruza
  • massivlar: Qorasuv–1,2,3,4,6; Bo‘z–2; Feruza
  • Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortal, Guliston, Farhod, Choponota, Bog‘iboston, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Serquyosh, O‘smir, Taxiatash, Shirin va boshqalar
  • massivlar: Chilonzor (5–26, 30, 31, G9A, 20A), Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy–1,2, Beshqayraqo‘ch, Izza, O‘rikzor bozori atrofi

15–19 sentyabr

  • Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysizlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari
  • massivlar: Tuzel–1÷4, Uysizlar–1, Asalobod–1,2, Aviasozlar shaharchasi (1,1a,2,3,4)
  • Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Sharof Rashidov, Navoiy, Bobur, Shota Rustaveli, Katta Chilonzor, Muqimiy, Seul, Nurafshon, Afrosiyob va boshqalar
  • massivlar: Ts–1,2,4,5,7; Oqtepa, Chilonzor (1–5,7,E,I), Kushbegi, Boshliq, Uchuvchilar shaharchasi

22–26 sentyabr

  • Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on va boshqalar
  • massivlar: Yalang‘och, Toshqishloqmach, Mavlono Riyoziy, Bo‘z–1, ToshGRES posyolkasi
  • Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Shifonur, Chorsu maydoni va atrofi

29 sentyabr – 3 oktyabr

  • Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Sharof Rashidov, Yahyo G‘ulomov, Shahrisabz, Shastri, Dehqonobod, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Yunusobod va boshqalar
  • massivlar: Beltepa, Ibn Sino–1,2, Jorariq, Beshqurghon–1÷4, Olimpiya, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, Yunusobod (1–19), Sebzor

6–10 oktyabr

  • Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod va boshqalar
  • massivlar: Qo‘yliq–1÷7, Qo‘yliq–Aylanma
  • Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinar, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli 1–8A, Yulduz 1–18
  • “Vodnik” massivi (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir)
  • “Quruvchi” massivi (Sergeli)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflarini aholi uchun 15 foizga, yuridik shaxslar uchun 40 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa 18,8 foizga oshirish bo‘yicha taklifni ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing