Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
Jamiyat
−
27 Oktabr 3393 1 daqiqa
Toshkent shahrida aholi uchun issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari 15 foizga oshiriladi. Bu haqdagi qarorga joriy yilning 27 oktyabrda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov imzo chekkan.
Unga ko‘ra:
- Bazaviy tarif QQSsiz 711 ming 641 so‘m/Gkal;
- aholi uchun QQSsiz 139 ming 860 so‘m/Gkal;
- byudjet tashkilotlariga QQSsiz 952 ming 797 so‘m/Gkal;
- boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 ming 296 so‘m/Gkal miqdorida narx (tarif)lar qo‘llanishi ma’qullangan.
Qarorda aholiga issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha pasaytirilgan tariflar qo‘llanilishi oqibatida yuzaga keladigan zararlar va investitsion xarajatlarga asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Toshkent shahar mahalliy byudjeti hisobidan har oyda subsidiyalar ajratish orqali qoplab berilishi qayd etilgan.
Bunda subsidiya mablag‘lari “Veolia Energy Tashkent” MCHJ XK va Toshkent shahar Davlat-xususiy sheriklik bo‘limi tomonidan taqdim qilinadigan hisob-kitoblarga ko‘ra o‘zgarmas, o‘zgaruvchan xarajatlar hamda investitsion xarajatlarga bo‘lingan holda moliyalashtirib berilishi ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi