Toshkentda qimorxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi (video)
3-sahifa
−
10 aprel 3174 1 daqiqa
Toshkent shahar Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahar Olmazor tumani Dilsaroy ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etgan. Shuningdek, qimor o‘ynovchilarga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida voqea joyidan pullar, rezina tayoq, o‘yin kartalari dalili ashyo sifatida olingan.
“To‘rt-besh oydan beri tanish akalarim bilan qimor o‘ynayotgandik. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bunday ishni qilish taqiqlanganini bilardim. O‘sha vaqtda shaxsiy ehtiyojimga pul kerak edi. Bu ishni hech kimga tavsiya qilmayman”, deydi gumonlanuvchi.
Malum bo‘lishicha, holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida 121 kishi ishtirokida qimor tashkil qilgan shaxs ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi