Toshkentda Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Jamiyat

image

Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarovning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Ikki mamlakat Bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Abdulla Aripov va Oqilbek Japarov mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdi. Bosh vazirlar elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Davlat rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon ramziy tasmani kesib, O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston elchixona Abdulla Aripov Oqilbek Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made