Toshkentda xonadonlardan biri yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
25 Sentabr 6845 1 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:51 da Chilonzor tumani, Beshqo‘rg‘on ko‘chasidagi shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 13:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:12 da qurshab olingan va 14:30 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan plastmassa quvuri sexida yong‘in chiqqandi. Ushbu hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi