Toshkentda mahkumni boshqa qamoqqa o‘tkazish uchun pul talab qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
05 iyun 6045 1 daqiqa
Toshkent shahrida o‘zini yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, ozodlikdan mahrum etilgan fuqaroni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga o‘tkazish uchun katta miqdordagi pul talab qilgan advokat va uning sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro o‘zining sherigi bo‘lgan – poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokatini go‘yoki Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan. So‘ngra ushbu tanishi orqali 2024 yilda sud hukmi bilan 8 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, hozirda Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni Toshkent viloyatidagi 7-sonli jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish evaziga arizachidan 5 ming dollar talab qilgan.
Ammo mazkur shaxslar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan hamda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-(firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm, Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini jami 500 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi