Toshkentda narkokurer talabalar 2600 ta doza qoradori bilan ushlandi
3-sahifa
−
08 dekabr 5548 1 daqiqa
Toshkent shahrida narkokurerlik bilan shug‘ullanib kelgan oliy ta’lim muassasasining 1-bosqich talabalari ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xabar berdi.
Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2 nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan 120 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvand moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universiteti yotoqxonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvand moddalari borligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bu 2 talaba ushbu sintetik giyohvand moddalarni tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan. Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvand moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu narkokurer talabalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida Farg‘ona viloyatida 7 milliard so‘mlik giyohvandlik vositalari (30 kilogrammdan ortiq, ya’ni 60 ming doza giyohvandlik vositalari hamda 17 ming 91 dona kuchli tasir qiluvchi dori vositalari) aniqlangandi.
Live
Barchasi