Toshkentda pirotexnika sabab yigit kaftidan ayrildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida pirotexnika vositalari sabab 24 yoshli yigit kaftidan ayrildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Yangihayot tumanida 24 yoshli yigit pirotexnika vositalari portlashi oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan. IIO ma’lumotlariga ko‘ra, yigitning qo‘l panjasi jiddiy shikastlangan va barmoqlarining bir qismi amputatsiya qilingan.

Bemorning onasiga ko‘ra, u uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib turgan bir paytda, gumburlash ovozini eshitib qolgan va tashqariga yugurib chiqqan.

 “Borsam, o‘g‘lim o‘zi chiqib kelayotgan ekan qo‘lini ushlab. Ko‘rganimda qo‘li qon edi, yuzi ham qonab turgandi. O‘zim qo‘rqib ketdim. Hozir holati yaxshi, qo‘lidan boshqa joyiga jarohat yetmagan”, degan bemorning onasi. 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir jarohatlar sabab yigitning kaft qismi olib tashlangan. 

“Chap bilak suyaklari ochilib, maydalanib, sinib, qon-tomir va nervlari jarohatlanishi, kaft sohasi ezilib yirtilgan jarohati, o‘ng qo‘l bilak va kaft sohalari, yuz sohalari kuygan jarohatlari bilan keldi. Bemor og‘ir shok holatda olib kelingan. Jarrohlik amaliyotida chap qo‘l tomirlar to‘liq uzilishi, nervlari uzilishi va suyaklari maydalanib cinganligi, yumshoq to‘qimalarning holatini hisobga olib, bemorning qo‘l kafti olib tashlandi”, degan shifokor.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pirotexnika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing