Toshkent bosh archasi dunyo reytingidan joy oldi (video)
Jamiyat
−
26 dekabr 18826 1 daqiqa
O‘zbekiston poytaxti Toshkentning bosh yangi yil archasi dunyo poytaxtlaridagi eng baland archalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Bildirilishicha, bosh archaning balandligi 35 metr bo‘lib, Toshkentni dunyoning yirik megapolislari qatoriga qo‘shgan.
Poytaxtlardagi eng baland yangi yil archalari reytingi:
- 57 m - Brazilia
- 35 m - Toshkent
- 35 m - Madrid
- 33 m - Jakarta
- 30 m - Buxarest, Lissabon
- 28 m - Vena
- 27 m - Varshava
- 26 m - Moskva, Praga
- 25 m - Rim, London
- 23 m - Budapesht
Toshkent — jahon poytaxtlari darajasida o‘ziga xos ko‘lam yaratib, bayramona kayfiyat uyg‘otayotgan shahardir.
Live
Barchasi