Toshkentda podstansiyadgi transformator yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
01 iyun 3082 1 daqiqa
Bugun, 1 iyun kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi podstansiyalardan biri yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 18:57 da Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan podstansiya ichida transformator yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 19:01 da yetib borib, yong‘in 19:12 da qurshab olingan va 19:17 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles shaharchasidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida yangi qurilayotgan binoning yer to‘la qismida taxminan 40 kvadrat metr maydonda qurilish chiqindilari yonib zararlangan.
Live
BarchasiPashinyanning qushi uchmadi
03 iyun