Toshkentda yana bir ko‘cha 1 oyga yopildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 iyul kunidan boshlab Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Obihayot ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Obihayot ko‘chasida issiq suv quvurlari almashtirilishi munosabati bilan 19 iyul kunidan 18 avgustga qadar transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, mazkur ko‘chadan o‘tuvchi 40 va 149-sonli yo‘nalish harakati Yangi Sergeli yo‘li, So‘g‘diyona, Jaloyir, Obihayot (yopilmagan qismi) ko‘chalari orqali vaqtincha o‘zgartiriladi. 184-sonli yo‘nalish harakati esa Sergeli Yarmarka bekatigacha qisqartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 18 iyul kunidan boshlab Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi ayrim yo‘llar yopilgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent ko'cha Sergeli tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing