Toshkentdagi asosiy ko‘chalardan biri Navro‘z bayrami sababli yopiladi
Jamiyat
−
11:15 1520 1 daqiqa
Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr-gastro turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chaning Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi erta, 20 mart kuni soat 15:00 dan 21 mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

“Yo‘nalishlaringizni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olishingizni va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi