Toshkentdagi asosiy ko‘chaning bir qismi 3 kunga yopiladi

Jamiyat

image
Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Markazning ma’lum qilishicha, cheklovlar bugun, 19 iyun kuni soat 23:00 dan 22 iyun soat 06:00 gacha KHAYning Toshkent davlat pedagogika universiteti oldidan “Dilxush 2-tor ko‘chasi” kesishmasigacha bo‘lgan qismida amal qiladi.

Qayd etilishicha, mazkur davrda ushbu yo‘nalish bo‘ylab qatnovi yo‘lga qo‘yilgan avtobuslar va boshqa transport vositalari harakati ilova qilingan rasmda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar orqali, ya’ni yo‘lning bir tarafidan tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun ortiqcha yo‘l bosish masofasi qisqartirilib, yangi burilish joyi ochilgani xabar qilingandi.

Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Kichik halqa avtomobil' yo'li asosiy ko'cha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing