Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Ichki ishlar organlari bo‘linma boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, IIV Shaxsiy xavfsizlik Bosh boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Jumladan, Shayxontohur tumani IIO FMB TQX Jinoyat qidiruv bo‘limi bo‘linma boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilish evaziga 7 ming AQSH dollari va unga tegishli restoranda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida mazkur muassasa ishchisining kuyish jarohati olganligi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun 500 AQSH dollari, jami 7,5 ming AQSH dollari talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs oldindan 2,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida mansab vakolatini suiiste’mol qilib, fuqarolardan pul talab qilgan ikki nafar mansabdor shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing