Toshkentdagi bog‘chada bolani uxlamagani uchun urgan tarbiyachi ishdan olindi (video)
3-sahifa
−
25 yanvar 5575 1 daqiqa
Toshkentdagi xususiy bog‘chada bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan olindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 22 yanvar kuni Olmazor tumanida joylashgan “American Daycare” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. Bog‘cha mas’ullari bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgan tarbiyachi ishdan olinganini bildirgan.
“Tushlikda uxlamagani uchun bog‘cha opa hamma bola turganidan keyin mening farzandimga nisbatan mana shunaqa qo‘pol harakatlar bilan qo‘l ko‘tarib, burnini qonatgan. Bolamni kiyintirib, yuz-qo‘lini yuvib, yonimga tushirib yuborishganda men bog‘chaga kelgan edim”, degan bolaning onasi.
Poytaxt Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, mazkur holat boshqarma tomonidan o‘rganish jarayonida bo‘lib, o‘rganish natijasidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgandi.