Toshkentdagi ko‘chalardan biri yopiladi

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kunidan boshlab 15 may kuniga qadar Toshkent shahrining Kichik halqa avtomobil yo‘lining ayrim qismlari yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 22:00 dan e’tiboran 15 may soat 06:00 gacha avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Ko‘rsatilgan muddat davomida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining ma’lum bir qismi 1 oydan ko‘p vaqtgacha yopiq bo‘lishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kichik halqa avtomobil' yo'li Sharof Rashidov ko'chasi Chingiz Aytmatov ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing