Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining ma’lum bir qismi vaqtinchaga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumandagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Foziltepa ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismida kecha, 27 noyabr soat 22:00 dan 1 dekabr soat 22:00 gacha bir tomonlama harakat vaqtincha cheklanadi.

“Haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Kichik halqa avtomobil yo‘lining aynan shu qismi ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli yopilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uchtepa Kichik halqa avtomobil' yo'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing