Toshkentdagi vagon ta’mirlash deposi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
16 may 6193 1 daqiqa
Bugun, 16 mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrida joylashgan vagon ta’mirlash deposida yong‘in chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha soat 23:58 da Toshkent shahar Mirobod tumani Turkiston ko‘chasida joylashgan vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVB ga xabar tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yong‘in joyiga yetib borib, u soat 01:31 da qurshab olingan.
Bildirilishicha, yong‘in soat 02:48 da bartaraf etilgan. Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari ham yetib borgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar haqida xabar tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan yirik savdo do‘konlarining birida yong‘in chiqqan edi. Yong‘inning sababi bino tomiga egasi tomonidan o‘rnatilgan quyosh paneli bo‘lgan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas.