Toshkentdan Chorvoqqacha yangi yo‘l quriladi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati Toshkent va Chorvoq o‘rtasida yangi yo‘l qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 1 avgust kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazir Prezidentga loyihalarni taqdim etganidan so‘ng, Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatlarini qamrab olgan “Chorvoq-Chimyon” rekreatsion zonasiga transport qatnovini yaxshilash rejalari haqida gapirdi.

“Oxirgi paytda juda ham katta sarmoyalar kiritilib, turistik zona jihatdan bu rivojlanib borayotgan yo‘l va bugungi kunda mavjud yo‘limiz juda tirband holatga kelib qolgan. Qaror qabul qilindi hurmatli Prezidentimiz tomonidan”, dedi Ilhom Mahkamov.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, konsepsiya allaqachon taqdim etilgan bo‘lib, ish tanlov asosida, yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda va davlat-xususiy sheriklik mexanizmi doirasida amalga oshiriladi.

“Mavjud yo‘lga tegmagan holda yangi Toshkent – Chorvoq avtomobil yo‘li qurilishini ham boshlab yuboramiz”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha axborot berilgan va Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chorvoq Ilhom Mahkamov “Chorvoq-Chimyon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing