Toshkentga ketayotgan yo‘lovchidan “opiy” topildi

3-sahifa

image

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumani Log‘on MFYdagi xonadonlardan biri tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Oqibatda ushbu manzilda 2000 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 993 gr “gashish” va 212 gr “Alfa-PVP” narkotik moddalari, shuningdek, 2728 dona “Regapen” va 458 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Toshkent-Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan Spark rusumli avtotransport vositasi Chust tumani hududida to‘xtatilib tekshirilgan.

Unda ketayotgan Namangan shahrida yashovchi shaxs va Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan 1 kg 127 gr “opiy” moddasi olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida katta miqdordagi giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan gashish opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing