“Toshturma” o‘rnida xiyobon emas, biznes quriladi

Jamiyat

image

2018 yildagi hukumat farmoyishiga ko‘ra, Toshkentdagi sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi (“Toshturma”) o‘rnida xiyobon barpo etilishi kerak edi. Ammo 2020 yilda shahar hokimi qarori bilan 3 gektarlik hudud xususiy tadbirkorga berilgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer “Yunusobod Business City” qurilishi uchun olib qo‘yilgan boshqa maydon evaziga kompensatsiya tariqasida “Ogneupor” MCHJga doimiy foydalanish huquqi bilan rasmiylashtirilgan. Hukumat topshirig‘i bajarilmagan. 7 yil o‘tgan bo‘lsa-da, xiyobon qurilishi amalga oshirilmagan, hudud tashlandiq holatda qolgan. Bu holat yuzasidan Senatga fuqarolar shikoyat qilgan.

“Shahar hokimligi xiyobon qurilishi kerak bo‘lgan yer tadbirkorga berilganini tasdiqlagan. Kompaniya boshida sanoat korxonasi qurmoqchi bo‘lgan, keyin esa bu joyda mehmonxona yoki turarjoy majmuasi qurishni rejalashtirgan. Ammo poytaxt bosh rejasida bu hudud “konservatsiya zonasi” deb belgilangani uchun qurilishga ruxsat berilmayapti”, deydi Kusherboyev.

Eslatib o‘tamiz, “Toshturma” 2017 yilda Zangiota tumaniga ko‘chirilgan, bo‘shagan hudud esa aholi dam oladigan xiyobon sifatida foydalanilishi lozim edi.


Maqola muallifi

Teglar

xiyobon Toshturma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing