Tojikistonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushdi

Olam

image

Endilikda Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa xizmati Tojikistonda foydalanish uchun mavjud. Bu haqda bugun, 5 fevral kuni kompaniyaning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

“Yuqori tezlikdagi Starlink interneti  endi Tojikistonda ham mavjud”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Starlink – bu Starlink Services LLC tomonidan boshqariladigan sun’iy yo‘ldosh internet tizimi bo‘lib, u xalqaro telekommunikatsiya provayderi hisoblanadi va Amerikaning aerokosmik kompaniyasi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasining to‘liq sho‘’ba korxonasi hisoblanadi. U hozirda taxminan 130 mamlakat va hududni qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, Starlink 2025 yil 13 avgustdan boshlab Qozog‘istonda ham rasman faoliyat yurita boshlagan edi. Starlink saytida Qozog‘iston hududidan internetga kirilgandagi tariflarni ham ko‘rish mumkin. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, uy uchun internetga ulanishning eng kam oylik to‘lovi tezlik cheklovlari bilan 23 ming tenge (42 dollar), cheklovlarsiz esa 31 ming tenge (57 dollar) dan boshlanadi. Sayohatchilar uchun internet eng kamida 26 ming tenge (48 dollar) turadi, biroq bu narxga kompaniya 50 Gb trafik taklif qiladi, cheksiz trafik esa oyiga 52 ming tenge (96 dollar) dan boshlanadi. Saytda, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh signali va internet tarmog‘iga ulanish uchun kerakli uskunani xarid qilish imkoniyati ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy yo'ldosh internet Starlink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing