Tramp Kanadaga qachon 100 foizlik boj joriy etilishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp agar Kanada Xitoy bilan savdo bitimini tuzsa, Kanada tovarlariga 100 foizlik boj joriy etishini ma’lum qildi. Bu haqida u o‘zining Truth Social tarmog‘ida e’lon qildi.

“Agar Kanada Xitoy bilan kelishuvga erishsa, men darhol AQSHga kiradigan barcha Kanada tovarlari va mahsulotlariga 100 foiz tarif bilan zarba beraman”, deydi Tramp.

Bunga javoban, Kanada-AQSH savdosi bo‘yicha mas’ul Kanada vaziri Dominik Leblan kecha, 24 yanvar kuni X sahifasida Xitoy bilan erkin savdo bitimiga intilish yo‘qligini e’lon qildi.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni joriy yilning 16 yanvar sanasida Xitoyga ikki davlat o‘rtasidagi taranglashgan munosabatlarni qayta tiklash uchun tashrif buyurdi va Kanadaning AQSHdan keyingi ikkinchi yirik savdo hamkori bilan qator shartnomalarni imzolagan edi. Muzokaralardan so‘ng, Karni va Xitoy Prezidenti Si Szinpin o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, Xitoy mart oyiga qadar Kanada kanola yog‘iga soliqlarni 85 foizdan 15 foizgacha pasaytiradi, Kanada esa Xitoyning elektromobillariga qulaylik yaratuvchi, 0 foizdan 6,1 foizga tushirilgan davlat stavkasini joriy etadi.

Avvaliga Kanada va Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimini Tramp qo‘llab-quvvatladi va bu harakatni "yaxshi narsa" deb atagandi. Ammo Kanada Bosh vaziri Karnining Davosdagi nutqida AQSH boshchiligidagi dunyo tartibi buzilganini aytganidan keyin, AQSH va Kanada o‘rtasidagi keskinlik kuchaydi.

Eslatib o‘tamiz, Grenlandiyaning tarafini olayotgan mamlakatlarga boj joriy etishini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing