Tramp Eronni tiklash uchun qancha vaqt kerakligini aytdi
Olam
−
05 may 4368 1 daqiqa
Harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilgan taqdirda ham Eronni qayta tiklash uchun taxminan 20 yil vaqt ketadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp radioboshlovchi Xyu Xyuittga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Agar biz kuchlarimizni bugun olib chiqqan taqdirimizda ham o‘z mamlakatlarini qayta tiklash uchun ularga 20 yil kerak bo‘lardi”, deydi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng Eron avvalgidek XAMAS va “Hizbulloh”ni moliyalashtira olmaydi.
Amerika yetakchisi Erondagi vaziyatni “juda portlash xavfi bor” deb atagan. Uning tushuntirishicha, qazib olish ishlari to‘xtatilsa, yer osti neft tizimlari yemirilishi mumkin. Tramp mamlakatning neft sanoati “juda katta zarar” ko‘rishini va avvalgi quvvatlarning ko‘pi bilan 40 foizinigina tiklash mumkinligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Eron rasmiylari AQSH bilan “to‘g‘ri kelishuv” tuzishga majbur bo‘lishini, aks holda Amerika tomoni mojaroda juda oson g‘alaba qozonishini aytgan edi. Trampning fikricha, harbiy nuqtai nazardan AQSH “allaqachon Eron ustidan g‘alabaga erishgan”. U, shuningdek, AQSH Islom Respublikasida yadro quroli bo‘lmasligiga bundan keyin ham intilishini qo‘shimcha qilgan.
Live
Barchasi