Tramp Eronning yangi rahbarini tanlashda ishtirok etishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning kelgusi rahbarini tanlash jarayonida shaxsan ishtirok etish niyati borligini bildirdi. U bu haqda “Axios”ga bergan intervyusida aytdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Mujtabo Xomanaiyning hokimiyatga kelishiga qarshi. U uni tanqid qilib, “Xomanaiyning o‘g‘li hech narsaga arzimaydi” deb atagan va AQSH Eronda yangi rahbarni belgilash jarayonida ishtirok etishi kerakligini aytgan.

Shu bilan birga, u avvalroq Eron rahbarligi uchun “uchta juda yaxshi nomzod” borligini aytgan, ammo ularning kim ekanini ochiqlamagan. Trampning fikricha, agar yangi rahbar avvalgi siyosatni davom ettirsa, AQSH yana bir necha yildan keyin Eron bilan urushga kirishishi mumkin.

Hozirda Mujtabo Xomanaiy otasi – Ali Xomanaiy halok bo‘lganidan keyin mamlakatning oliy rahbari lavozimiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Yangi rahbarni Ekspertlar assambleyasi – 88 nafar diniy ulamodan iborat kengash saylashi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu jarayon allaqachon boshlangan. Ayni paytda ayrim manbalar Mujtabo Xomanaiy allaqachon saylangani haqida ham xabar bermoqda.

AQSH razvedkasi esa Eronda hokimiyat almashishi ehtimoliga shubha bilan qaramoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Iran International” nashri Eron Islom respublikasining Ekspertlar kengashi Mujtabo Xomanaiyni Eronning yangi oliy rahbari lavozimga saylangani haqida xabar bergandi. 56 yoshli Mujtabo – AQSH va Isroil bombardimonlari oqibatida halok bo‘lgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li. So‘nggi o‘n yil davomida u ochiqchasiga “voris” sifatida tilga olib kelinar edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Mujtabo Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing