Tramp grenlandiyaliklarga 1 mln dollardan taklif qilishi mumkin – OAV
Olam
−
22 yanvar 3236 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Grenlandiya aholisi orolning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi uchun ovoz beradigan bo‘lsa, har bir fuqaroga 1 million dollar miqdorida to‘lov taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Grenlandiya aholisi taxminan 57 ming kishini tashkil etadi va nashrning bahosicha, bunday tashabbus AQSH byudjeti uchun moliyaviy jihatdan amalga oshirilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Donald Tramp bir necha bor Grenlandiyaning AQSH milliy xavfsizligi uchun strategik ahamiyatini ta’kidlagan, jumladan, Arktika mintaqasida Rossiya va Xitoy faolligi kontekstida. Mazkur to‘lovlar bo‘yicha ehtimoliy tashabbus yuzasidan hozircha Oq uy, Daniya hukumati yoki Grenlandiya rasmiylaridan hech qanday rasmiy izoh berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH rasmiylari Grenlandiya aholisiga 10 ming dollardan 100 ming dollargacha bir martalik to‘lovlarni amalga oshirishni muhokama qilgani va bu orqali ularni Daniyadan ajralib chiqishga hamda AQSHga qo‘shilishiga ishontirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi