Tramp qator NATO davlatlarini ovoz berish huquqidan mahrum qilmoqchi
Olam
−
28 mart 5340 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning Hormuz bo‘g‘ozini qamaldan chiqarish uchun kemalar yuborishdan bosh tortganidan hafsalasi pir bo‘lgan va AQSH kontingentini Germaniyadan olib chiqib ketish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Donald Tramp moliyalashtirish bo‘yicha talablarini bajarmayotgan a’zolarni jazolash maqsadida NATOni qayta tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunda “to‘la va ishtirok et” (pay-to-play) modeli taklif etilmoqda. Ushbu model ittifoqchilarni qaror qabul qilish imkoniyatidan, jumladan, blokda urush boshlangan taqdirda ham mahrum qilishi mumkin. Xususan, Tramp agar NATO a’zolari mudofaa xarajatlarini YAIMning 5 foizi miqdoriga yetkazmasa, ularni qaror qabul qilishda ovoz berish huquqidan mahrum etishni rejalashtirmoqda.
Oq uy rahbari ushbu variantni AQSHning Yevropadagi ittifoqchilari Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun harbiy kemalar yuborishdan bosh tortganidan keyin o‘rganmoqda.
“Yevropaliklardan hafsalamiz pir bo‘lgani ayni haqiqat. 5 foiz ajratmayotgan har qanday davlat NATOning kelajakdagi xarajatlari bo‘yicha qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak”, deydi AQSH ma’muriyatidagi manba nashrga.
Shuningdek, AQSH Prezidentiga yaqin manbalar Trampning Germaniyadan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytmoqda. Nashrning yozishicha, Tramp 2025 yilda prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri ushbu qadamni o‘ylab yuribdi.
Hozirgi bosqichda NATOning barcha a’zo davlatlari mudofaa uchun YAIMning kamida 2 foizini sarflamoqda. Ushbu maqsadli ko‘rsatkich 2014 yilda (Tramp tomonidan) belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp NATO davlatlarini Eronga qarshi urushda ishtirok etishni istamayotgani uchun tanqid qilgandi. Shu bilan birga, Oq uy rahbari AQSH go‘yoki NATO yordamisiz ham Eron Qurolli kuchlarini allaqachon “yo‘q qilib bo‘lganini” bildirgan.
Live
Barchasi