Tayvan hech qachon mustaqil bo‘lmaydi – Xitoy TIV (video)

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Tayvan AQSH yordamida mustaqillikka erisha olmasligini aytdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan qilgan muloqoti davomida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, Tayvan avval ham mustaqil davlat bo‘lmagan, bundan keyin ham mustaqil bo‘lolmaydi.

“Dunyoda faqat bitta Xitoy bor. Tayvan hech qachon davlat bo‘lmagan – na o‘tmishda, na kelajakda davlatga aylanmaydi. Materikdagi Xitoy va Tayvan hududi bir davlatga tegishli.

Tayvan mustaqilligi bilan bo‘g‘ozning ikki qirg‘og‘i o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik bir-biriga olov va suv kabi zid. Tayvan mustaqilligiga qarshi turish – “yagona Xitoy” tamoyiliga amal qilish uchun zarur”, deya bildirgan TIV vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tayvanning tashqi kuchlar yordamida mustaqillikka erishishga bo‘lgan har qanday urinishi – bu xayol. U bu so‘zlarni Prezident Trampning bayonotlariga munosabat sifatida keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Tayvanga 12 milliard dollarlik Amerika qurollarini sotish to‘xtatilganini e’lon qilgandi. Trampning ta’kidlashicha, Vashingtonning keyingi harakatlari Xitoyga bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing