Tramp Xitoy va Rossiya bilan yadroviy arsenalni qisqartirishni muhokama qilmoqchi
Olam
−
15 noyabr 2010 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Xitoy vakillari bilan yadroviy qurollarni qisqartirish masalasini muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda u Floridaga safari chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi.
Tramp AQSHning yaqin kelajakda yadroviy sinovlar o‘tkazish niyatini ham tasdiqladi.
“Men nima qilishni istardim, denuklearizatsiya, boshqacha qilib aytganda, birinchi navbatda, uchta yirik mamlakat o‘rtasida yadroviy qurolni kamaytirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishdir”, dedi u.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, energetika va yadro siyosatiga mas’ul bo‘lgan yuqori martabali ma’muriyat vakillari Oq uy va Milliy xavfsizlik kengashi vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvdan maqsad Trampni yadroviy qurol sinovlarini qayta tiklashdan voz kechishga ko‘ndirishdir. Biroq, AQSH Energetika vazirligi matbuot kotibi Ben Ditderix bu ma’lumotni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati barcha variantlarni o‘rganib chiqmoqda va yadroviy sinovlarni boshqa davlatlar qatorida kengaytirish tarafdori.
30 oktyabr kuni Tramp Pentagonga boshqa davlatlar bilan teng ravishda yadroviy qurol sinovlarini boshlash haqida ko‘rsatma bergan edi. Keyinroq u boshqa davlatlar ham bunday sinovlarni o‘tkazayotganiga ishonishini ta’kidlab, Qo‘shma Shtatlar eng yirik yadro arsenaliga ega ekani, lekin ko‘p yillardan buyon sinovlar o‘tkazmaganini ta’kidladi. “The Washington Post” gazetasining 31 oktyabr kuni yozishicha, AQSH yadroviy sinovlarini qayta tiklash yillar talab qilishi va mamlakatga millionlab dollar zarar keltirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida yerosti yadroviy sinovlarini qayta boshlash masalasiga aniq javob bermagandi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr