Tramp Maduroni o‘zining shaxsiy raqsini o‘zlashtirishda aybladi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 6 yanvar kuni Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroni o‘zining mashhur raqs harakatlarini garchi unchalik o‘xshatolmasa-da takrorlashga harakat qilganlikda aybladi. U bu haqda Vashingtondagi Kongress respublikachilari yig‘ilishida gapirdi.  

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Maduro sahnaga chiqib, uning raqsini qo‘pol tarzda takrorlashga harakat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuela rahbari o‘zining jamoat oldidagi raqs harakatlarini “No War, Yes Peace” shiori remiksiga bajargan, bu esa AQSH hukumatini uni qo‘lga olish qaroriga olib kelgan. 

Shuningdek, Oq uy yetakchisi Nikolas Maduroni zo‘ravonlik qilgan va millionlab odamlarni o‘ldirganlikda ayblagan. Bundan tashqari, u Karakas markazida qiynoqlar xonasi borligi haqida ham gapirgan, biroq ushbu xona tafsilotlariga to‘xtalmagan. 

Tramp yig‘ilishda o‘zining mashhur raqsiga (YMCA) rafiqasi Melaniya va boshqalarning munosabatini ham aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu raqsi uchun u ilgari keng tanqidlarga uchragan. Jumladan unga ko‘pchilik rasmiy yig‘ilishlarda ham YMCA’ni takrorlayvergani uchun e’tiroz bildirgan. Donald Trampning aytishicha, keyinchalik uning tarafdorlari bu harakatni maqtagan va o‘zlari ham takrorlagan. 

Prezident shuningdek xotini Melaniya Trampning fikrini ham keltirdi:

“U mening raqsga tushishimni yoqtirmaydi. Men unga aytdim: “Hamma raqsimni yoqtiradi, azizam”. U esa odamlar aslida yoqtirmasligini, faqat men uchun o‘zlarini shunday tutishini va bu menga yoqimli bo‘lib ko‘rinayotganini aytdi. Lekin men unga qarshi chiqdim va sahnaga chiqsam, hamma mendan “Iltimos, raqsga tush” deb talab qilishini eslatdim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, mamlakatdan olib chiqib ketilganini aytgan edi.  


Maqola muallifi

Teglar

Tramp raqs Maduro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing