Tramp Milandagi xokkey finaliga tashrif buyuradi – OAV
Sport
−
18:45 513 1 daqiqa
Agar xokkey bo‘yicha AQSH terma jamoasi Olimpiada final bosqichiga chiqsa, mamlakat Prezidenti Donald Tramp uni tomosha qilish uchun Milanga qisqa muddatga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Post Internazionale” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, AQSH Prezidenti safari rasmiy uchrashuvlar, tantanali kechki ovqatlar, protokol tadbirlari yoki shaharda uzoq vaqt qolishni o‘z ichiga olmasligi kutilmoqda. Italiya prefekturalari va politsiya tuzilmalari esa AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens hamda Davlat kotibi Marko Rubioning yaqinda qishki Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimiga qilgan tashriflarini inobatga olib, ehtimoliy xavfsizlik choralarini dastlabki baholashni boshlab yuborgan.
Nashrning yozishicha, blokadalar va kuzatuv tadbirlarining ko‘lami sezilarli bo‘lishi mumkin, biroq safarning qisqa formati sabab vaqt jihatidan cheklangan bo‘ladi.
Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Tramp joriy yilning 22 fevral kuni Veronada bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarning yopilish marosimida ham ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, AQSH xokkey terma jamoasi Olimpiya o‘yinlari chorak finaliga chiqqan. Ular bu bosqichda Shvetsiya / Latviya juftligi g‘olib bilan to‘qnash keladi. Musobaqaning final uchrashuvi joriy yilning 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi