Shavkat Mirziyoyev AQSHga jo‘nab ketdi
Jamiyat
−
18:32 1320 1 daqiqa
Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, Vashington shahrida ta’sischi davlatlaridan biri O‘zbekiston bo‘lgan “Tinchlik kengashi”ning birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Bo‘lajak tashrif doirasida AQSH rasmiylari bilan uchrashuvlar va bir qator ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘tkaziladi.
Live
Barchasi