Tramp Saudiyadan chiqib, Qatarga bordi (video)
Olam
−
14 may 6498 2 daqiqa
Bugun, 14 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonidagi rasmiy tashrifini yakunlab, Qatar mamlakatiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Trampning Air Force One samolyoti Qatar aeroportiga qo‘ngan. Uni Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy aeroportda kutib olgan. Tashrif davomida Falastinning G‘azo sektoridagi vaziyat va Qatar vositachilardan biri bo‘lgan HAMAS harakati va Isroil o‘rtasidagi muzokaralar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Bu Oq uy rahbarining Fors ko‘rfazidagi xalqaro safarining ikkinchi bosqichi sanaladi. U Qatar poytaxti Dohaga qo‘ngan. Tramp Amiri Divan qarorgohida bir guruh rasmiylar bilan AQSH milliy madhiyasi ijro etilgan holda kutib olingan.
Trampning keyingi manzillari sifatida BAA (Birlashgan Arab Amirliklari) va ehtimoliy tarzda Turkiya ko‘rsatilgan.
Saudiya Arabistonida tashrif qanday o‘tdi?
Tramp kecha, 13 may kuni Saudiya Arabistoniga yetib kelib, yadro qurolsizlanish, xavfsizlik va texnologik hamkorlik bo‘yicha katta miqyosdagi kelishuvlar imzolagandi. Asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
142 milliard dollarlik qurol-yarog‘ savdosi bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Bu doirada Saudiya Arabistoniga eng zamonaviy harbiy texnika va xizmatlar yetkazib beriladi.
Hamkorlik havo hujumidan mudofaa, kosmik texnologiyalar, dengiz va chegaralar xavfsizligi, AKT tizimlarini qamrab oladi.
Saudiya harbiy kuchlari salohiyatini oshirish uchun keng ko‘lamli tayyorgarlik dasturlari ham nazarda tutilgan.
Suriya bo‘yicha keskin burilish
Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan paytda Tramp Suriyaga qarshi barcha AQSH sanksiyalarini bekor qilishini e’lon qildi. Bu qaror ijtimoiy va diplomatik doiralarda katta rezonansga sabab bo‘ldi. Tramp, shuningdek, Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara bilan uchrashdi va uni Isroilni tan olish va Ibrohim kelishuvlariga qo‘shilishga da’vat etdi.
Live
Barchasi