Tramp Ukrainada nima bo‘layotganini to‘liq anglab turibdi – Ryutte

Olam

image

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte AQSH Prezideti Donald Tramp Ukrainadagi vaziyatni to‘liq anglab turganini aytdi. Bu haqda u kecha, 11 fevral kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi “dahshatli vaziyat”ni “to‘liq anglab turibdi”, deydi u.

Shuningdek, Ryutte anjumanda Ukrainaga safari paytida ko‘rganlarini Tramp bilan muhokama qilganmi va qandaydir fikr-mulohaza olganmi, degan savolga ham ikki marta “ha” deb javob qaytargan. Ammo u Tramp bilan nimalar haqida gaplashganini “hech qachon oshkor qilmasligi”ni bildirgan. 

Bosh kotibning aytishicha, AQSHda Ukrainada nima bo‘layotgani haqida “mutlaq aniqlik” bor, Ryutte va Tramp muntazam suhbatlarida ular “nima bo‘layotgani” va “nima ko‘rayotgani” haqida axborot almashib turadi. 

“Bu bizning doimiy muloqotlarimizning bir qismi”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Shu bilan birga, Ryutte Ukraina safari yakunlari bo‘yicha Trampga aynan nima deganini va AQSH Prezidentining reaksiyasi qanday bo‘lganini aniq aytmagan. Bundan tashqari, u bu muhokamalar Vashingtonning Ukrainaga kelgusidagi qo‘llab-quvvatlash masalasidagi pozitsiyasiga ta’sir qilgan-qilmagani haqida ham ma’lumot bermagan.

Bryusseldagi brifingda alyansning yuqori lavozimli vakili Ukraina energetikasidagi vaziyatni o‘ta xavotirli deb atagan va Rossiya harbiy jihatdan “kam ahamiyatga ega yoki umuman ahamiyatga ega bo‘lmagan” fuqarolik energetika ob’ektlariga zarbalar berishda davom etayotganini qayd etgan.

NATOning yuqori lavozimli amaldorlari bahosi bo‘yicha, joriy yil qishda Rossiya Ukraina shaharlari va muhim infratuzilmaga hujumlarni sezilarli darajada kuchaytirgan. Umuman olganda, 2025 yilda Rossiya taxminan 55 mingta hujumkor dronni uchirgan. Bu 2024 yilga nisbatan taxminan 5 baravar ko‘p.

Qolaversa, NATOning boshqa bir yuqori lavozimli amaldori “Rossiya hujumining susayishi kuzatilmayapti”, deb bildirgan va ballistik hamda qanotli raketalar, shuningdek uzoq masofali dronlar qo‘llangan havo hujumlari kuchayganini aytgan. Bu hujumlar aholini elektr va issiqlikdan mahrum qilish, shuningdek, transport va turarjoy hududlariga zarba berishga qaratilgan. NATO ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida frontorti hududlarga raketalar va dronlar bilan qilingan hujumlar soni ikki baravardan ko‘p oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp dunyoda uchta yadroviy urushning, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy yadroviy mojaroning oldini olganini ma’lum qilgan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp Ukraina Ryutte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing