Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga chiqishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Olam
−
26 mart 3737 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mulozimlari neft narxi 200 dollargacha ko‘tarilganda, iqtisodiyot qanday holatga tushishini o‘rganmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, neft narxi keskin ko‘tarilganda iqtisodiy vaziyatni modellashtirish keskinlik davrida muntazam ravishda o‘tkazib turiladi va bu prognoz hisoblanmaydi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu ish ma’muriyatning barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishga qaratilgan.
“Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin ham Moliya vaziri Skott Bessent mojaro neft narxining oshishiga olib kelishidan xavotir bildirgan edi”, deydi manbalar.
Vazirlik xodimlari bir necha hafta davomida o‘z xavotirlarini Oq uyga yetkazib turgan. Oq uy vakili Kush Desaining ta’kidlashicha, ma’muriyat doimo turli ssenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholab borsa-da, neft narxi 200 dollarga yetishi ehtimolini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bessent “Epik g‘azab” (Epic Fury) operatsiyasi oqibatidagi qisqa muddatli tebranishlardan “xavotirda” emas.
“Bloomberg” qayd etishicha, hatto bir necha oy davomida narxning 170 dollar atrofida bo‘lishi ham AQSH va Yevropada inflyatsiyaning oshishiga va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib keladi. AQSHda allaqachon sezilayotgan eng katta ta’sir – benzin chakana narxlarining 30 foizga oshishi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika qo‘shinlarining Erondagi quruqlikdagi operatsiyasi yaqin orada boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBuxoroda yana zilzila bo‘ldi
21 may