Trampni otmoqchi bo‘lgan shaxsga ayblov qo‘yildi
Olam
−
28 aprel 7965 1 daqiqa
AQSHda o‘qituvchilik qilgan Koul Allenga Prezident Donald Trampga suiqasd qilishga urinish aybi qo‘yildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
U, shuningdek, jinoyat sodir etishda o‘qotar qurol ishlatish va og‘ir jinoyatni amalga oshirish maqsadida qurolni shtatlararo tashish kabi moddalar bilan ham ayblanmoqda. Ushbu ayblovlar bo‘yicha unga 10 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda. Agar sud uni Prezidentga suiqasd qilishda aybdor deb topsa, umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Hozircha Allen barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, u hujumni amalga oshirish uchun bir nechta shtatlarni kesib o‘tgan. Uning yonidan 12 kalibrli pompa miltig‘i, uchta pichoq va boshqa qurollar topilgan.
Eslatib o‘tamiz, hodisa 26 aprelga o‘tar kechasi Washington Hilton mehmonxonasidagi banket zalida sodir bo‘lgan. 31 yoshli, Kaliforniyada yashovchi o‘qituvchi Allen mehmonxonada xona band qilgan va zal kirish qismida AQSH Maxfiy xizmati xodimiga qarata o‘q uzgan. U voqea joyida qo‘lga olingan.
Keyinroq Tramp ushbu hujum Eron bilan bog‘liq emasligini taxmin qilgan.
Live
Barchasi