Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi maxfiy hujjatlar topildi – FQB

Olam

image

AQSH Federal qidiruv byurosi direktori Kesh Patel Prezident Donald Trampning 2016 yilgi saylovlar munosabati bilan Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tergovga doir maxfiy hujjatlar to‘plamini topganini da’vo qilmoqda. 

Uning aytishicha, hujjatlar FQBning maxfiy xonasida – avval noma’lum bo‘lgan maxfiy ma’lumot ob’ekti (SCIF)6da bir nechta “yoqib yuborish uchun mo‘ljallangan qoplarda” saqlangan. 
Iyun oyida Patel Jo Roganning podkastida xonada “hech kim ko‘rmagan va eshitmagan” hujjatlar va qattiq disklar borligini aytdi.

Hujjatlar topilgani haqida kecha, 30 iyul “Fox News” telekanali ham manbalariga tayanib xabar berdi. Ularning versiyasiga ko‘ra, hujjatlardan biri AQSHning sobiq maxsus maslahatchisi Jon Duremning hisobotiga maxfiy ilova bo‘lib, u 2023 yilda FQB Trampning Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tergov ishida o‘ziga xos bo‘lmagan harakat qilganini aytgan.

“Oxir-oqibat, maxfiy ilovaning chiqarilishi AQSH hukumati ichida Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi janjalni kuchaytirish orqali (Hillari) Klinton saylovoldi kampaniyasiga yordam berish bo‘yicha kelishilgan reja borligi haqidagi iddaoga ishonch bag‘ishlaydi”, deydi “Fox News” manbasi.

Qayd etish joiz, Rupert Merdokning Fox korporatsiyasiga tegishli “Fox News” telekanali Donald Trampga sodiq hisoblanadi.

Manbalarga ko‘ra, minglab hujjatlar bilan to‘ldirilgan bir nechta kuygan sumkalar topilgan. Patel hujjatlarni Senat sud qo‘mitasi raisi Chak Grasliga topshirdi.


Avvalroq, 22 iyul kuni Tramp AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamani xiyonatda ayblagan edi. Oq uy rahbari AQSH Milliy razvedka boshqarmasi direktori Tulsi Gabbardning ikki hafta oldin chop etilgan hisobotiga ishora qildi. 

Gabbard Obama va uning bosh yordamchilari Rossiyaning 2016 yilgi saylovlarga ta’sir qilish harakatlari bilan bog‘liq “razvedka ma’lumotlarini uydirma va siyosatlashgan” degan xulosaga keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Barak Obama va uning ma’muriyati demokratlar mag‘lub bo‘lganidan keyin saylov infratuzilmasiga kiberhujumlar orqali Rossiyaning ta’siri haqida ataylab uydirma chiqargan.

“Demak, Rossiya Donald Trampni saylanishiga yordam bergani haqidagi soxta razvedkaning yaratilishi saylovdan bir necha oy oldin qilingan barcha oldingi baholarga zid edi, bu esa buning aksini aytdi: Rossiya AQSH prezidenti saylovini buzishga urinish niyati ham, imkoni ham yo‘q edi”, dedi Gabbard.

Shu fonda Tramp sobiq prezident Barak Obamaning Oval kabinetda FQB xodimlari tomonidan qo‘liga kishanlangan holda hibsga olingani aks etgan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni e’lon qildi. Shundan so‘ng Obamani panjara ortida, Qo‘shma Shtatlardagi mahbuslar kiyadigan to‘q sariq rangli kombinezonda ko‘rsatishdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Barak Obama FQB Kesh Patel Gabbard Obama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing