“Sinepar” haqidagi yolg‘on xabarni tarqatganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro viloyatida “Sinepar” siropini ichgan 23 nafar bola vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etgandi. Hozirda yolg‘on axborot tarqatilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumot “Bukhara News” axborot resursi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan. 

Malum qilinishicha, aholi orasida vahima uyg‘otishga qaratilgan ma’lumotlar tarqatilgani uchun Jinoyat Kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning  12-1- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan, blogerlarga o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirish majburiyati yuklatilgan”, deyiladi xabarda.

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga yuklatilgan. Tergov jarayoni to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat ishi “Tsinepar”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing