1 mlrd so‘mlik xorijiy valyutaning chet elga chiqib ketishining oldi olindi
3-sahifa
−
06 dekabr 2683 1 daqiqa
Toshkent viloyatida qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistondan Qozog‘istonga naqd pul ko‘rinishida xorijiy valyuta qimmatliklarini noqonuniy tarzda “tashmachi” fuqarolar yordamida bojxona chegarasi orqali olib chiqib ketilishining oldi olindi. Jumladan, Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli guruh yetakchisi jami 5 mln 622 ming Rossiya rublini kichik partiyalarga bo‘lgan holda, Qozig‘istonga o‘tkazib berishi uchun ushbu mablag‘ni “tashmachi” shaxsga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, guruh yetakchisining avtotransport vositasi hamda yashash xonadonidan jami 11 ming 220 dollar, shuningdek, mazkur pul mablag‘ining asl egalari qayd etilgan daftar protsessual tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) ikkinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand hamda Andijon viloyatida xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr