To‘qayev Mirziyoyevga rahmat aytdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik xati yo‘lladi. Unda To‘qayev joriy yilning 14-16 noyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun o‘z minnatdorligini bildirgan. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi. 

Xatda mazkur tashrifning tarixiy ahamiyati qayd etilgan bo‘lib, u Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqdoshlikni mustahkamlashga kuchli turtki bergani ta’kidlangan.

Qozog‘iston Prezidenti Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VII Maslahat uchrashuvi tashkil etilishini ham yuqori baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mazmunli muhokamalar, qabul qilingan muhim qarorlar va hujjatlar, shuningdek, Ozarbayjonning to‘la huquqli ishtirokchi sifatida qo‘shilishi forumga strategik ahamiyatga ega voqea maqomini bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 noyabr kuni To‘qayev Toshkentga tashrif buyurgandi. Aeroportda uni Shavkat Mirziyoyevning o‘zi qarshi oldi.

Shundan so‘ng, To‘qayevni O‘zbekistonda rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. To‘qayev va Mirziyoyev muzokaralar o‘tkazdi. Keyinroq Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisida ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing