To‘qayev prezident vakolati to‘xtatilganda saylov qachon o‘tkazilishini aytdi
Olam
−
20 yanvar 4224 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat rahbarining vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda, yangi Prezident saylovi ikki oy ichida o‘tkazilishi kerakligini konstitutsiyaga kiritishni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 20 yanvar kuni Qizilo‘rdada bo‘lib o‘tgan Milliy qurultoyning V yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy qonunning amaldagi tahririda Prezident vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, davlat boshqaruvi qolgan muddatga parlament Senati (yuqori palatasi) raisiga o‘tadi.
“Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qolgan muddatga formulirovkasi asosiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, qolgan muddat olti oy ham, olti yil ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun asosiy qonunda davlat rahbarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, prezidentning navbatdan tashqari saylovi ikki oy ichida o‘tkazilishi to‘g‘risidagi normani aniq belgilab qo‘yish kerak”, deydi To‘qayev.
Shuningdek, u avvalroq Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimini joriy etish zarurligi haqida gapirgan edi. Uning qayd etishicha, uni davlat rahbari parlament bilan kelishilgan holda tayinlaydi. Shu bilan birga, prezident vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan taqdirda vitse-prezident davlat rahbari vazifasini bajarishi yoki bajarmasligi aniqlashtirilmagan, biroq To‘qayev bunday lavozimning joriy etilishi hokimiyat iyerarxiyasiga nisbatan yakuniy aniqlik kiritishini bildirdi.
Live
Barchasi