To‘qayev Trampga tabrik yo‘lladi
Olam
−
10:24 3110 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev AQSH Prezidenti Donald Trampga Artemis II kosmik missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Prezident To‘qayev o‘z tabrigida Amerika ilm-fanining yutuqlarini alohida ta’kidlab, ular jahon kosmonavtikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotganini qayd etgan.
Shuningdek, u bunday yirik loyihalar xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi va butun dunyo bo‘ylab yosh olimlar hamda muhandislarni ilhomlantirishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Artemis II missiyasi Orion kosmik kemasida ekipajdagi to‘rt nafar astronavt bilan Yer yuzidan taxminan 406-407 ming kilometr uzoq masofaga parvozni amalga oshirgandi. Shu tariqa Apollo 13 missiyasi tomonidan o‘rnatilgan 1970 yildagi rekord yangilangan. Yangi missiya avvalgisidan taxminan 4-6 ming kilometr uzoqroq masofani bosib o‘tgan.
Missiyaning avvalgisidan asosiy farqi shundaki, kosmik kema Oyga qo‘nmasdan, uning Yerga ko‘rinmaydigan qismini suratga olishi va aylanib o‘tishi kerak edi. NASA’ga ko‘ra, parvoz kutilganidan ham muvaffaqiyatliroq tarzda amalga oshirilgan.
Xususan, Artemis II missiyasi astronavtlari Oyning orqa tomonidan Yerga qaralganda sayyoraning botishi qanday ko‘rinishi aks etgan fotosuratlarni ham e’lon qilgan edi.
Live
Barchasi