Tungi klubda erkakni bir urib, komaga tushirgan yigitning sudi bo‘lyapti

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent shahridagi tungi klub oldida janjal chiqqani, ularni ajratishga harakat qilib, o‘rtaga kirgan fuqaro kaltak yeb, “bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu fuqaroni urgan shaxsning sud majlisi yopiq tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 1995 yilda tug‘ilgan A.Sh.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “ye“ bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 4-qismi “a” bandi, 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan ayblov qo‘yilgan bo‘lib, uning ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Obidovga ko‘ra, joriy yilning 4 sentyabr kungi sud majlisida A. Sh.ning advokatlari tomonidan sud jarayonida sudlanuvchining shaxsiy va oilaviy hayotiga oid ma’lumotlar ham ochiqlanishi mumkinligi aytilgan va oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga asosan sud majlisini yopiq tarzda o‘tkazish yuzasidan iltimosnoma kiritilgan. 

Gumonlanuvchi sudyalarining iltimosnomasi sudda raislik etuvchi sudya tomonidan qanoatlantirilgan. Shu tariqa, sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilishi belgilangan. 

“Ish natijalari bo‘yicha adolatli va qonuniy sud qarori chiqarilishi ta’minlanishi ma’lum qilinadi. Ushbu holat keng jamoatchilik e’tiboridagi masala bo‘lganligi uchun ham sud jarayoni yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea joriy yilning 16 mart kuni sodir bo‘lgandi. Kechki soat 02:30 larda Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida mijoz sifatida kelgan 1995 yilda tug‘ilgan A.Sh. o‘zining tanishi 1985 yilda tug‘ilgan X.A. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 1990 yilda tug‘ilgan B.A. ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida A.Sh. uni urib tan jarohati yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik tungi klub Aziz Obidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing