Tunnelda telefon olib qochgan yigit ushlandi (video)
3-sahifa
−
02 yanvar 4955 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noma’lum shaxs yerosti yo‘lidan o‘tayotgan qizning telefonini tortib olgani haqida xabar tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning 21 dekabr kuni taxminan soat 21:20 da 2004 yilda tug‘ilgan S.Q. Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasidagi yerosti yo‘lidan o‘tayotgan vaqtida noma’lum shaxs uning 500 AQSH dollariga teng bo‘lgan telefonini kuch bilan tortib olib, voqea joyidan qochib ketgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida noma’lum shaxsning shaxsi aniqlanib, u 1999 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan (Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan) O.M. ekani ma’lum bo‘lgan va tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O.M. ga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-42-54 raqamiga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Bektemir tumanida qarovsiz qoldirilgan avtomobillardan jami 90 million so‘mdan ortiq pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi