Turkiya yadroviy qurollanish poygasiga qo‘shilishi mumkin

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan mintaqada vaziyat keskinlashsa, Anqara yadroviy qurollanish poygasiga qo‘shilish ehtimoli borligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 9 fevral kuni SNN Turk jurnalistiga bergan intervyusida aytib o‘tdi

Hoqon Fidanning aytishicha, agar mintaqadagi boshqa davlatlar yadro quroliga ega bo‘lsa, Turkiya bunday jarayondan chetda qololmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala umumiy strategik vaziyat doirasida ko‘rib chiqiladi. 

Vazir mintaqadagi kuchlar muvozanatini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar Turkiya manfaatlariga zid ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, u ayrim davlatlar, xususan, Eron bilan muammoli munosabatlarga ega mamlakatlar yadro qurolini qo‘lga kiritishga intilishi mumkinligini bildirgan. 

Hoqon Fidanning qayd etishicha, bunday sharoitda Turkiya ham o‘z xohishidan qat’i nazar, yadro qurollanish poygasiga qo‘shilishiga to‘g‘ri keladi.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSH va Rossiya ishtirokidagi yadro qurollarini nazorat qilish va qisqartirish bo‘yicha muzokaralarda qatnashmasligini ma’lum qilgandi.  

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya yadroviy qurollanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing