Turkiya JCH uchun tarkibini e’lon qildi

Sport

image
Turkiya milliy terma jamoasi Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiyaliklar bosh murabbiyi Vinchenso Montella tomonidan e’lon qilingan ushbu ro‘yxatda Arda Gyuler, Kenan Yildiz va Hoqon Chalhano‘g‘li kabi yulduz futbolchilar o‘rin olgan.

Turkiya milliy terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi quyidagicha:

Turkiya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida “D” guruhidan o‘rin olgan. Vinchenso Montella shogirdlari guruh bosqichida mezbonlardan biri bo‘lgan AQSH, Avstraliya va Paragvay terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Turkiya o‘z ishtirokini joriy yilning 13 iyun kuni Kanadaning Vankuver shahrida Avstraliyaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Keyingi bahsini 19 iyun kuni Paragvayga qarshi o‘tkazsa, guruhdagi so‘nggi uchrashuvda 25 iyun kuni AQSH terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi e’lon qilgandi.

Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Jahon chempionati Vinchentso Montella

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing